MiyaAI
Kabinet

Trust Center: xavfsizlik va maxfiylik

MRI24 (MiyaAI) bemor maʼlumotlarini qanday himoya qilishi — aniq va oʻzgartirmasdan. Bu sahifa tizim hozir qanday ishlashini tasvirlaydi, rejalar alohida belgilangan.

Yangilangan: 05.10.2026

Ism serverga bormaydi

Bemor ismi, ID va sanalar DICOM fayllardan yuborishdan oldin shifokor brauzerining oʻzida oʻchiriladi.

Tasvirlar faqat sizda

Tahlil natijasi va MRT tasvirlari faqat tahlil qilingan kompyuterda saqlanadi. Serverda tahlildan keyin oʻchiriladi.

Har kim faqat oʻziniki

Har bir shifokor faqat oʻz tekshiruvlarini koʻradi (maʼlumotlar bazasida qator darajasidagi himoya, RLS).

AI — yordamchi

MRI24 tashxis qoʻymaydi. Natijani shifokor tasdiqlaydi; hisobotda AI matni va shifokor tahriri ajratib koʻrsatiladi.

Qaysi maʼlumot qayerda saqlanadi

MaʼlumotQayerdaKim koʻradiQancha saqlanadi
Akkaunt: ism, email, telefon, klinika, mutaxassislikSupabase, Frankfurt (YeI)Siz va MRI24 jamoasiAkkaunt oʻchirilguncha
Tekshiruv yozuvi: kod, sana, turi, AI raqamlari, holat, hisobotni tasdiqlagan shifokor ismiSupabase, Frankfurt (YeI)Faqat sizAkkaunt oʻchirilguncha yoki siz oʻchirguncha
Bemor ismi, tugʻilgan sanasi (DICOM dan)Faqat brauzeringiz (shu kompyuter)Faqat shu kompyuterdagi sizOxirgi 60 ta tekshiruv; quyidagi tugma bilan darhol oʻchiriladi
MRT/KT tasvirlariTahlil paytida AI serverda (anonim); natija — faqat brauzeringizdaFaqat sizServerda tahlil tugashi bilan oʻchiriladi
TelegramSupabase: chat raqami; xabarda faqat kod va AI natijasiFaqat siz“Uzish” tugmasigacha
Demo soʻrovi (bosh sahifadagi forma)Supabase, Frankfurt (YeI)MRI24 jamoasiAloqa yakunlanguncha

Muhim: akkaunt va tekshiruv yozuvlari hozir Yevropa Ittifoqidagi serverda (Frankfurt). Haqiqiy bemorlar bilan pilotdan oldin ular Oʻzbekistondagi data-markazga koʻchiriladi — “Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-547) talabi. Bemorning ismi va tasvirlari bu serverga hech qachon yuborilmaydi.

Anonimlashtirish qanday ishlaydi

  • DICOM fayllar brauzerda ochiladi; quyidagilar fayl ichida boʻsh joy bilan almashtiriladi: bemor ismi, ID, tugʻilgan sanasi, manzil va telefon, muassasa va shifokorlar ismi, accession va tekshiruv raqamlari, tekshiruv sanalari, matnli xususiy (private) teglar.
  • DICOMDIR (unda bemorlar roʻyxati boʻladi), doza hisobotlari va boshqa rasmsiz obyektlar umuman yuborilmaydi.
  • AI serveri qabul qilingan fayllarni NIfTI formatiga oʻtkazadi va asl fayllarni darhol oʻchiradi; javobda faqat texnik maʼlumot (apparat, kesim qalinligi) qaytadi.
  • Bemor ismi faqat shifokor ekranida koʻrinadi va “bemor maʼlumotlari faqat shu kompyuterda koʻrinadi” deb belgilanadi.

AI server

  • Hozir (demo): AI server taqdimotchi noutbukida ishlaydi; internetdagi sayt AI serverga ulanmagan.
  • Pilot uchun reja: AI server Oʻzbekistondagi sertifikatlangan data-markazda (masalan, UzCloud yoki Uztelecom), yuridik shartnoma bilan.
  • Server tasvirlarni saqlamaydi: vaqtinchalik papka tahlil tugashi bilan oʻchiriladi. Oxirgi 30 ta natija faqat operativ xotirada turadi va server qayta ishga tushganda yoʻqoladi.

Kirish nazorati

  • Kirish: email va parol, email tasdiqlash bilan. Parollar Supabase da shifrlangan holda (hash) saqlanadi; ularni hech kim, jumladan MRI24 jamoasi ham koʻra olmaydi.
  • Barcha ulanishlar HTTPS (TLS) orqali shifrlangan.
  • Har bir shifokor faqat oʻz tekshiruvlari va profilini oʻqiy oladi — bu brauzerda emas, maʼlumotlar bazasining oʻzida tekshiriladi.
  • Telegram bot tokeni faqat Supabase maxfiy sozlamalarida saqlanadi; bot faqat bir martalik kod bilan ulangan shifokorga yozadi.

AI cheklovlari

  • MRI24 — tadqiqot versiyasi, tibbiy buyum sifatida roʻyxatdan oʻtmagan va klinik sinovdan oʻtmagan. Tashxis uchun ishlatilmaydi.
  • Model ochiq ISLES 2022 maʼlumotlarida oʻqitilgan. 50 ta qulflangan test bemorida oʻrtacha Dice 0,745; 49 ta insultdan 47 tasi topilgan.
  • Maʼlum zaif tomonlar: juda mayda (<0,1 ml) oʻchoqlar, miya ustunidagi insult, juda katta infarktlar hajmini kam baholash. Faqat DWI/ADC tahlil qilinadi — qon quyilish va oʻsmalar baholanmaydi.
  • Shifokor AI matnini oʻzgartirsa, hisobotda asl AI xulosasi va qaysi qismlar oʻzgartirilgani saqlanadi.

Ochiq manbalar va litsenziyalar

  • Oʻqitish maʼlumoti: ISLES 2022 (CC BY 4.0). Qoʻshimcha oʻqitish uchun: SOOP, OpenNeuro ds004889 (CC0).
  • Arteriya hududlari atlasi: Liu va boshq., Sci Data 2023 (CC BY-SA 4.0); MNI ICBM152 shabloni.
  • Model asosi: nnU-Net v2 (Apache 2.0). Brauzerdagi DICOM oʻqish: dicom-parser, JSZip (MIT).

Sizning huquqlaringiz

  • Akkauntingiz va barcha tekshiruv yozuvlaringizni oʻchirishni soʻrashingiz mumkin — quyidagi email orqali; 7 kun ichida bajariladi.
  • Telegram bildirishnomalarini kabinetda istalgan vaqtda uzishingiz mumkin.
  • Shu kompyuterda saqlangan bemor ismlari va tasvirlarni darhol oʻchirish:

Foydalanish shartlari (qisqa)

  • Demo va kabinet tadqiqot va tanishtirish uchun moʻljallangan. Natijalar tashxis emas va kafolatlanmaydi.
  • Haqiqiy bemor maʼlumotlarini faqat klinikaning yozma ruxsati va etika komissiyasi ruxsati bilan yuklang.
  • Hisob maʼlumotlaringizni boshqalarga bermang.

Aloqa

Savollar, oʻchirish soʻrovlari va xavfsizlik muammolari: brainmrt1@gmail.com · Telegram · +998 95 062 88 32